Rasman: Jasur Hakimov "Lokomotiv" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2024, 16:50
"Lokomotiv" hujumchi Jasur Hakimov bilan kelishuvga erishdi.

Jasur Hakimov professional futbolchilik faoliyatini "So'g'diyona", "Metallurg", "Paxtakor", "Qo'qon-1912", OKMK, "Buxoro", "Turon" kabi klublarda o'tkazgan. 



Shuningdek, o'tgan mavsum "Bunyodkor" safida harakat qilib, jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. U 28 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta to'p kiritgan va 3 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати