Rasman: Islom Kenjaboev "Qizilqum" futbolchisi!

Administrator
2 fev 2023, 21:01
Klub matbuot xizmati rasman bu xabarni ma'lum qildi.

O'tgan mavsumni "Qizilqum" jamoasida ijarada o'tkazgan Islom Kenjaboev rasman Navoiy klubi futbolchisiga aylandi. Futbolchi  "Qizilqum" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning birinchi davrasida Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi mavsumning ikkinchi qismini "Qizilqum" tarkibida ijara asosida o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Қизилқум" ПФК матбуот хизмати