Rasman: "Inter" italiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2019, 23:30
Inter yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Bu safar neradzurrilar Sassuolo yarim himoyachisi Stefano Sensini bir mavsum uchun ijaraga oldi. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Inter mavsum yakunida Sensini 22 mln. evroga ham sotib olishi mumkin.

23 yoshli xavbek o'tgan mavsum A Seriyada 28 o'yin o'tkazib, gol+pas sistemasi bo'yicha o'z hisobiga 2+5 natijani yozib qo'ygandi. 

Avvalroq, qora-ko'klar darvozabon – Gabriel Brazan, himoyachilar – Diego Godin, Lyusen Agum, Valentino Lazaro; yarim himoyachi – Eddi Salsedo; hujumchi – Matteo Politanolar bilan kelishuvga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: inter.it