Rasman: Ignatiy Nesterov bugun Osiyo rekordchisiga aylanadi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2019
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 1-turida Ummon bilan o'ynaydi.

Bugungi o'yinda Ignatiy Nesterov maydonga tushadi. Shu tariqa "Lokomotiv" posboni faoliyatidagi beshinchi bor qita chempionatida qatnashadi va mutloq rekordchiga aylanadi. Tarixda hech bir futbolchi Osiyo Kubogida besh marta ishtirok etmagan. 

Ma'lumot uchun, Ignatiy Nesterov 2004, 2007, 2011 va 2015 yillardagi Osiyo Kubogida o'ynagan. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia