Rasman: "Qizilqum" "Andijon" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi!

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2025, 12:04
Tajribali futbolchi faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradigan bo'ldi.


O'tgan yili "Andijon" tarkibida mamlakat kubogini qo'lga kiritgan, 2018 yil "Lokomotiv" jamoasi bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan mahoratli yarim himoyachi Farhod Bekmurodov endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.

Futbolchi va klub bir yillik shartnomaga imzo qo'yishdi.

Farhod Bekmurodov haqida:
Tug'ilgan sanasi
: 08.10.1994 yil
Tug'ilgan joyi: Andijon - O'zbekiston
Ampluasi: yarim himoya
To'p tepgan jamoalari: "Andijon", "Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "Metallurg"

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Қизилқум" ФК матбуот хизмати