

Madridning "Real" klubi vinger Eden Azar bilan o'zaro kelishuvga ko'ra o'rtadagi bir yillik shartnomani bekor qilganini ma'lum qildi. 2023 yilning 30 iyun sanasidan Eden Azar erkin agent hisoblanadi. Azar "Real Madrid"da to'rtta mavsum harakat qildi.
Ma'lumot uchun, bunga qadar ko'pgina manbalar Azar jamoani tark etishni istamayotgani va shartnomasida qolgan bir yilni yakunlab qo'yishni istayotgani haqida xabar berishgandi.


