Rasman: Duvan Sapata - "Atalanta" futbolchisi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 19:42
"Atalanta" o'z rasmiy saytida hujumchi Duvan Sapataning transferi sotib olinganligini e'lon qildi.

Bergamo klubi "Sampdoriya"ga transfer uchun 12 million evro to'ladi. 2018 yilning yozida klub ijara uchun 14 million evroni qabul qilib olgandi. Shu orqali transfer umumiy 26 million evroni tashkil qildi.

O'tgan bir yarim mavsum davomida 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi jamoasi tarkibida 59 o'yinda 35 gol urdi va 11 bora assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/atalanta_bc