Rasman. David Silva terma jamoadagi faoliyatini yakunladi FOTO

Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2018, 23:28
Tajribali yarim himoyachi David Silva rasman Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

“Manchester Siti” klubining 32 yoshli futblchisi 2006 yildan beri Qizil Furiya sharafini himoya qilib kelayotgandi. Silva Ispaniya terma jamoasi safida ikki bor Yevropa chempioni (2008, 2012), 2010 yili esa jahon chempioni bo'lgan edi. 

Ma'lumot uchun, Silva umumiy hisobda Ispaniya terma jamoasi libosida jami 129ta uchrashuv o'tkazib, 37 golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif