Rasman: "Chelsi" o'z futbolchisini "Napoli"ga ijaraga berdi

Mirjalol Normatov
5 okt 2020, 22:33
"Chelsi" futbolchisi Temue Bakayoko faoliyatini ijara asosida "Napoli"da davom ettiradi.

26 yoshli futbolchini "Napoli" ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Qayd etish kerak, fransiyalik futbolchi 2018/19 yilgi mavsumda ijara asosida "Milan"da o'tkazgan va o'shanda unga Jennaro Gattuzo murabbiylik qilgandi.

O'tgan mavsumda Bakayoko "Monako" tarkibida ijara asosida 20 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/en_sscnapoli