Rasman: Bilolxon Toshmirzaev - "Neftchi" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyul 2023
Mahoratli futbolchi Bilolxon Toshmirzaev faoliyatini "Neftchi" klubida davom ettiradi.

Farg'onaliklar futbolchini Yaypanning "Turon" klubidan ijaraga olishdi.  

1997 yilning 8 avgust kuni Namangan viloyatida tug'ilgan Bilolxon Toshmirzaev joriy mavsum "Turon" jamoasi safida 13 ta o'yinda (1072 daqiqa) maydonga tushib, 2 ta golli uzatma etkazib berdi.  

Futbolchining O'zbekiston Superligasidagi umumiy statistikasi: 60 ta uchrashuv, 2 gol va 4 assist. 

"Bilolxon Toshmirzaevga jamoamiz safida yorqin va mazmunli o'yinlarini namoyish etib, jonkuyar muxlislarimizga quvonchli lahzalarni ulashishida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!", - deyiladi klub xabarida.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia