

London klubi fransiyalik futbolchi bilan 7,5 yillik shartnoma imzoladi.
"Chelsi"ga o'tganimdan xursandman. Yangi klubim uchun maydonga tushishni intizorlik bilan kutaman. Dunyoning eng yaxshi ligasida o'ynashni, muxlislarning chorlovini ko'rishni istayman", - dedi Badiashile.
Oldinroq ma'lum qilinganidek, 21 yoshli futbolchining transferidan "Monako" 38 mln evro ishlab oladi. Ushbu mavsumda futbolchi chempionatning 11 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.



