Rasman: "Benfika" Di Mariya klubga qaytganini e'lon qildi

Administrator
5 iyul 2023, 23:27
Portugaliya klubi futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.

"Benfika" klubi rasman yarim himoyachi Anxel Di Mariyaning klubga qaytganini e'lon qildi. 35 yoshli futbolchi 2007-2010 yillarda aynan Lissabon klubida o'ynagan. 

Ma'lumot uchun, Anxel Di Mariya yakunlangan mavsumni "Yuve" safida o'tkazdi. O'rtadagi shartnoma yakunlangan, "Benfika"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Ushbu mavsum Di Mariya 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/SLBenfica