Rasman: "Barselona" koronavirus sabab ertalabki mashg'ulotlarni bekor qildi

Alisher
5 yanv 2021, 07:46
"Barselona"da koronavirus bilan bog'liq muammo bor.

Bosh jamoa bilan ishlaydigan klubning ikki xodimida koronavirus kasalligi aniqlangan. Aynan kimlarning kasallangani ma'lum qilinmagan.

Klub sog'liqni saqlab organlariga ertalabki mashg'ulot bekor qilinganligi to'g'risida xabar berdi. Buning o'rniga butun jamoa PCR-testidan o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" ayni damda La Ligada 16ta o'yindan so'ng 28 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.es