Rasman: "Ayaks" "Ayntraxt" darvozabonini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023, 18:49
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi darvozaboni Ramay Diant "Ayaks" bilan kelishuv imzoladi.

Transfer summasi 8 million evroni tashkil etdi. Futbolchi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekdi.

21 yoshli darvozabon Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga 2021 yilning iyul oyida kelib qo'shilgandi. Ikki yil ichida u Bundesligada 2 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl