Rasman: "Arsenal" jamoani tark etadigan 7 nafar futbolchining nomini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2019, 01:00
Londonning Arsenal klubi rasmiy sayti jamoani tark etadigan futbolchilarning nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, shartnomasi tugagani bois darvozabon Petr Chex, himoyachilar – Koen Bremell, Stefan Lixtshtayner va Xulio Plegezuelo, yarim himoyachilar – Charli Gilmor va Aaron Remsi, hujumchi – Denni Uelbek.

Mazkur o'yinchilardan Chex faoliyatiga yakun yasagan bo'lsa, Remsi esa erkin agent sifatida Yuventusga o'tmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com