

Mikel Artetaning koronavirus bo'yicha topshirgan testi ijobiy natija bergan. Avvalroq “Olimpiakos” xo'jayinida koronavirus aniqlangandi. Evangelos Marinakis esa Yevropa Ligasida “Arsenal”ga qarshi bahsdan so'ng London klubi vakillari bilan aloqada bo'lganligi qayd etilgandi. Shundan so'ng “to'pchilar”ning bir necha a'zosi 14 kunlik karantinga olingandi.



