Rasman: A Seriyaning bugungi o'yinlari Rim papasi vafoti sababli qoldirildi

Sherzod Nurmatov
21 apr 2025, 14:02
Bu haqda Italiya OAV xabar tarqatmoqda.

Rim papasi Francisk 88 yoshida vafot etdi. Fevral oyida u nafas yo'llari infekciyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir oydan ko'proq vaqtni kasalxonada o'tkazgandi.

Shunday qilib, quyidagi 4 ta bahs bugun o'tkazilmaydi:

"Torino" – "Udineze"

"Kalyari" – "Fiorentina"

"Jenoa" – "Lacio"

"Parma" – "Yuventus"

Bundan tashqari, Primavera doirasidagi o'yinlar ham qoldirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia