Rashford diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford "Byornli"ga qarshi APLning 4-tur uchrashuvidagi o'zini tutishi tufayli Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolandi.

20 yoshli futbolchi o'yin oxirida "podkat" yordamida to'pni olib qo'ymoqchi bo'lgan raqib himoyachisi Filip Bardsli bilan janjal uyushtirgan edi. O'sha vaziyatda hakam Rashfordga qizil kartochka ko'rsatgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvardning diskvalifikaciyasi uzaytirilgan. FA qaroriga binoan, Rashford mankunianlarning ichki turnirlardagi 3ta uchrashuvini o'tkazib yuboradi. Shunday qilib, u "Uotford" (APL), "Vulverxempton" (APL) va "Derbi Kaunti"ga (Liga Kubogi) qarshi bahslarda maydonga tushmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News