Rangnik Pogbaga ishonadi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2022, 21:20
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik fransiyalik xavbekning jarohatdan keyingi holati haqida ma'lumot berdi.

"Birinchi kunlardan boshlab uni mashg'ulotlarda ko'rmadim. Ammo men unda kelajakka bo'lgan ishonchni, umidvorlikni ko'rdim. Uning safga qaytishini intizorlik bilan kutyapman.

Kecha Pol ilk bor umumiy guruh bilan shug'ullandi. Birinchi mashg'ulotdayoq ajoyib o'yinchi qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatdi.

U bu hafta o'ynay olmaydi, ammo xalqaro tanaffusdan so'ng qaytishi mumkin ", – dedi germaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror