Rangnik: "Jamoaning muhitida muammo yo'q"

Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 10:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa ichidagi muhit haqida gapirdi.

Oldinroq jamoaning sobiq futbolchisi Pol Skoulz televidenieda Jessi Lingard MYU kiyim almashtirish xonasida tartibsizlik keltirib chiqarayotganini aytgandi.

"Sizda shunday ma'lumot bo'lsa, bu haqda Lingardning o'zidan so'rang. Menimcha, umuman olganda futbolchilar o'zini yomon tutishmayapti. Ha, buni zo'r deb bo'lmaydi, ammo ularning o'rtasida muammolar ko'rmayapman", - dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal