Rangnik 3:2 hisobidagi g'alabadan so'ng: "MYU faqatgina Ronalduga suyanib qolmasligi kerak"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2022, 22:51
Murabbiy o'yin sifatini ham oshirish kerakligini aytdi.

"Manchester Yunayted" APL 33-turida "Norvich"ni 3:2 hisobida engdi. MYU bosh murabbiyi Ralf Rangnik ushbu o'yin haqida o'z fikrini bildirdi.

"Ikkita gol urib, o'yinni ortiqcha bosimlarsiz yakunlashimiz mumkin edi. Ammo bunday bo'lmadi. Keragicha agressiv harakat qilmadik. Biz o'yin sifatini oshirishimiz lozim. 

"Tottenxem"ga qarshi o'yindagi kabi, Ronaldu asosiy vazifani bajardi. Uning gollari bizga g'alaba taqdim etmoqda. Ammo MYU faqatgina Ronalduga suyanib qolmasligi kerak. Boshqa o'yinlardagi natijalarga e'tibor berishdan naf yo'q. Sababi, biz avval o'z o'yinimizni to'g'irlashimiz lozim", -deydi Ralf Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports