Ramos yozda APL klubidan rad javobini olgan

Mirjalol Normatov
5 sen 2023, 19:52
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos yozda "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi.

"90min" xabariga ko'ra, futbolchi "Chelsi"ga taklif qilingan, biroq klub bu imkoniyatdan foydalanishni istamagan. Yakunda Ramos o'zi tarbiyalangan "Sevilya"ga qaytgan. Unga Saudiya Arabistoni va Turkiyada yaxshi takliflar bo'lgan, lekin himoyachi kuchli beshlik chempionatlaridan chetga chiqish niyati yo'qligini bildirgan.

Ramos "Real" tarkibida YCHLning 4 karra, LaLigada 5 karra g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: 90min