Ramos "Real"ning mashg'ulotini o'tkazib yubordi va katta ehtimol bilan "Shaxtyor"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

Alisher
20 okt 2020, 16:14
"Real" himoyachisi Serxio Ramos jamoaning bugun ertalabki mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

34 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Kadis" (0:1)ga qarshi o'yinning tanaffusida tizzasidagi muammo sabab almashtirilgan edi.

Keyinlik esa futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgani va jarohat jiddiy emasligi aytilgan edi. 

Ramos "Barselona"ga qarshi "El Klasiko"gacha tiklanishi uchun "Shaxtyor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS