Ramos "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasligi mumkin

Alisher
15 okt 2020, 11:33
Madridning "Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos klub bilan hamkorlikni davom ettirish borasida muzokara olib bormoqda.

34 yoshli futbolchining "galaktikos" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Qaymoqranglilar" himoyachiga bir yillik bitim taklif qildi. Ammo Serxio 2 yillik shartnoma imzolanishini xohlamoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Ramosga Turinning "Yuventus" va Fransiyaning PSJ klublari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: OK Diario