Ramos: "Mavsumni bir maromda o'tkazgan jamoani eslay olmayman"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2017, 13:15
"Real" himoyachisi Serxio Ramosning so'zlariga ko'ra, jamoaning o'yinidagi pasayish - tabiiy holat va bundan tragediya yasash to'g'ri emas.

Futbolchi bu haqda "Las-Palmas"ga qarshi o'tkazilgan LaLiganing 25-tur uchrashuvidan (3:3) so'ng aytdi.

"Mavsumni bir maromda o'tkazgan va doimo optimal formada bo'lgan jamoani eslay olmayman. Milliy chempionatda g'olib bo'lish uchun shunchaki o'z o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca