Ramos: "Kimdir "Real"ni hakamlar yordami bilan La Ligada yetakchilik qilmoqda deyapti, ammo bu ularning ajoyib fantaziyalaridir"

Alisher
25 iyun 2020, 11:11
Serxio xeyterlarga javob berdi.

"Bu xiylalarning hammasi normal holatdir. Biz yetakchimiz, ko'pchilikka bu yoqmayapti. Men hakamlar "Real"ga yordam bermoqda deb o'ylamayman.

Kimdir "Real"ni La Ligadagi yetakchiligiga hakamlar yordam bermoqda deyapti, ammo bu ularning ajoyib fantaziyalaridir.

Mening gollarim? Bu mehnatsevarlik, barqarorlik va ko'p yillik mehnat uchun mukofotdir. Men o'zimdan va g'alaba qozonayotgan jamoadan mamnunman", - deydi Ramos.

Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos faoliyati davomida 120ta urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca