Ramos: "Jamoamda doim Messi uchun joy topiladi"

Alisher
19 iyul 2021
PSJ himoyachisi Serxio Ramos o'zi jamoasida Lionel Messini ko'rishdan mamnun bo'lishini aytdi.

34 yoshli argentinalik futbolchining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi, u hozirda erkin agent maqomida yuribdi.

"Men eng zo'r futbolchilar bilan o'ynashni sevaman. Leo - dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biridir. Unga jamoamda doim joy topiladi", - deydi Serxio.

Messining Kataloniya klubida qolishi kutilmoqda. Tomonlar bitimni 2023 yilning o'rtalariga qadar uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo