Ramos faqatgina Messidan ortda qolmoqda

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 10:59
Kecha "Real" LaLiganing 27-turi doirasida "Elche"ni irodali tarzda mag'lub etdi.

Bu "Real" sardori Serxio Ramosning ligadagi 334-g'alabasi bo'ldi. Bu natijasi orqali u "qirollik klubi" sobiq sardori Iker Kasilyasdan o'tib kyetib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu natijaga erishish uchun Ramosga 508 o'yin kifoya qildi.

LaLigada g'alabalarni qo'lga kiritish borasida rekord "Barselona" sardori Leo Messiga tegishli. Uning hisobida 377 g'alaba bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal