Rakitich qaysi klubga o'tishni orzu qilishini aytdi

Alisher
17 avg 2020, 17:17
Xorvat "Sevilya"ga qaytishi mumkin.

"Barselona" xavbeki Ivan Rakitich "Sevilya"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh bildirdi.

"Mening "Sevilya" bilan, ayniqsa shahar bilan alohida munosabatlarim bor, sababi oilam o'sha yerda. Men doim bu klubning libosini yana kiyishni orzu qilishimni aytaman, hamma buni biladi, ammo bu mening qarorimga bog'liq emas.

Monchi va "Sevilya"dagi boshqalarda mening raqamim bor, ammo ular hali qo'ng'iroq qilishmadi, bundan tashqari yaqinda tug'ilgan kunim bo'lib o'tdi, ammo Monchi qo'ng'iroq qilmadi", - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal