Rakitich: "Bu mavsum "Barselona" ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritadi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 17:43
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich PSVga qarshi bahsdan (4:0) so'ng, jamoaning bu mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

"Chempionlar ligasi "Barselona" uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Ammo biz milliy chempionat yoki mamlakat Kubogiga kam e'tibor qaratamiz deb o'ylamang. "Barselona" bu mavsum ko'plab sovrinlar qo'lga kiritadi deb umid qilaman" - deydi Rakitich.

Kataloniya klubining Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvi uchrashuvi 3 oktyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA