

“Shuni qayd etish kerakki, AQSHda yildan yilga futbol tobora ko'proq e'tiborni jalb etib kelmoqda. Zo'r, buni ko'rishdan mamnunman. Ayniqsa, futbolning o'sishi va rivojlanishini kuzatish. Hozirda MLS uchrashuvini ko'rib, o'zingizga: “Ha, tomosha qilishni xohlayman”, deysiz.
“Inter Mayami”ga o'tish haqida nima deyishim mumkin? Ko'ramiz, balki, Devid Bekxemning o'zi menga qo'ng'iroq qilar”, deydi Rakitich.



