Rakitich APLga ko'chib o'tishi mumkin

25 avg 2020, 09:35
Uning xizmatlariga London klubidan qiziqish bor.

“Tottenxem” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar Ivanni yaqin vaqtlar ichida sotib yuborishga tayyor. Jamoaning yangi ustozi Ronald Kuman Rakitichning xizmatlariga ehtiyoq yo'qligini ma'lum qilgan.

Avvalroq xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga uning sobiq klubi “Sevilya”dan ham qiziqish borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarktweb