

Bu braziliyalik uchun kataloniyaliklar safidagi ilk gol bo'ldi.
"O'zimning "Barsa"dagi ilk golimdan juda ham mamnunman. Albatta, "Real"ga ham gol urishni xohlardim, ulardan kuchlimiz deb o'ylayman", - deydi Rafinya.
25 yoshli braziliyalik o'yinning 25-daqiqasida chiroyli gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Rafinya "Barselona"ga "Lids"dan 15 iyulda o'tdi. Kataloniyaliklar Braziliya terma jamoasi o'yinchisi uchun 58 mln evro to'lashdi. Shartnoma 2027 yilga qadar mo'ljallangan.



