Rafael va Fabio: “Bir kun kelib ayrilishimizni bilardik”

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2013
Rafael va Fabio ular yana “Old Trafford”da birlashishlariga, bu esa ularning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatishiga ishonishadi.
“Fabio “KPR”ga ijaraga ketganidan keyin odamlar menga boshqacha munosabatda bo'la boshlashdi. Oldin ular men bilan suhbatda o'zlarini noqulay xis qilishgandir, axir men doimo Fabio bilan yonma-yon bo'lganman. O'tgan mavsumda men ko'proq ochiq muommolarga duch keldim va bularni engib o'tishda menga sheriklarimning suhbatlari juda yordam berdi” – deydi Rafael.

“Biz birinchi bor Manchesterga kelganimizda bunday buyuk chaqiruvni birgalikda qabul qilganimizdan xursand edik. Biroq biz o'shanda bir kun kelib boshqa-boshqa jamoalarda o'ynashimiz mumkinligini allaqachon tushungandik” - deydi Fabio.

Rafael: “Gari va Fil Nevillar bilan ham shunga o'xshash tarix sodir bo'lgan. Ular birgalikda “Yunayted” uchun ko'p o'yin o'tkazishgan, keyinchalik Fil “Everton”da o'ynash uchun ketgan”.

Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz