Rafael Benites "Nyukasl" bosh murabbiyi!

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2016
"Nyukasl" rasmiy saytining xabar qilishicha, klub Rafael Benites bilan shartnoma imzoladi.

Tomonlar uch yillik shartnomaga imzo chekishdi.

Eslatib o'tamiz, murabbiyning so'nggi ish joyi Madridning "Real" jamoasi bo'lgandi.

"Nyukasl" APL turnir jadvalida so'nggi o'rinlardan birini egallab turibdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: "Ньюкасл" расмий сайти