Rabo uchun kurashda "Yuventus" yetakchilik qilmoqda

13 may 2019, 19:40
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo mavsum yakunida klubni tark etadi.

Fransiyalik futbolchi uchun "Yuventus" kurashmoqda. 24 yoshli Raboni turinliklar direktori Fabio Paratichi anchadan beri kuzatmoqda. 

Bu hafta muzokara o'tkaziladi. Turin klubi uni Aaron Remsi bilan maydon markazini to'ldira olishiga ishonishmoqda. Adrien Raboning xizmatlariga "Real" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Rabo joriy mavsum parijliklar uchun 14 o'yinda 2 ta gol urib, 1 marotaba golli uzatma berdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport