Rabo uchinchi marta PSJ taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
2 okt 2018, 17:12
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo yozda jamoani tark etish niyatida.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan haftada futbolchi parijliklarning shartnoma uzaytirish borasidagi uchinchi taklifini rad etdi. Klub Raboga mavsumiy maoshi 7,2 mln evro bo'lgan bitim taklif qildi, ammo futbolchi shartnomani imzolashni istamadi.

Oldinroq, Raboga "Barselona", "Yuventus" va "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News