Qozog'iston U-20 murabbiyi O'zbekistondan uchralgan ikki mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqqanini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2025, 12:13
Qozog'iston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Denis Mamonov oktyabr oyida O'zbekistonga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan keyin lavozimidan ketdi.

"Toshkentda barcha futbolchilarni sinab ko'rish va ularga xalqaro tajriba berish maqsadida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Afsuski, ikkala o'yinda ham mag'lub bo'ldik. Andorradagi mag'lubiyatdan so'ng yigitlar mag'lubiyatni qattiq qabul qilishdi va bu ularning ruhiga ta’sir qildi. Birinchi o'yinda o'yin oxirida gol o'tkazib yubordik – 0:1, ikkinchisida esa o'yin davomida oldinga chiqib oldik, lekin imkoniyatni boy berib qo'ydik", – dedi Mamonov.

Mutaxassis ikkinchi o'yindan so'ng futbolchilarga bosh murabbiylikdan ketishini ma'lum qilib, jamoaga mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Birinchi o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston Qozog'istonni 1:0, ikkinchisida esa 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports24.kz