Qozog'iston termasi futzalchisi Dauren Tursagulov: "Portugaliya termasi ustidan qozonilgan g'alabani qozoq xalqiga bag'ishlaymiz"

Sherzod Nurmatov
27 sen 2024, 12:57
Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Portugaliya – Qozog'iston (1:2) uchrashuvidan so'ng qozog'istonliklar a'zosi Dauren Tursagulov mikst-zonada fikrlarini bildirdi.


"Qozog'istonlik muxlislarga rahmat! Andijondagi o'zbek birodarlarimizga ham katta rahmat!

Jahon chempionatiga g'alaba qozonish uchun kelganmiz. Mundialni chetdan tomosha qilish juda qiyin, oldingi o'yinlarda jamoadoshlarimga yordam bera olmagandim. Bu o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu yutuqni qozoq xalqiga bag'ishlaymiz!", – dedi Tursagulov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia