Qozog'iston a'zosi Arnold Knaub: "Biz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, keraksiz gollar o'tkazib yuboraverdik"

Sherzod Nurmatov
1 okt 2024, 22:07
Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Qozog'iston – Argentina (1:6) o'yinidan so'ng qozog'istonliklar futzalchisi Arnold Knaub fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- O'ylaymanki, birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatgandik – teng o'yin bo'lgandi, hattoki biz yorqinroq ko'ringandik. Hozir bir narsa deyin og'ir. Afsuski, Jahon chempionatidan chiqib ketdik. Bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz, qayerda xato qilganimizni o'rganib chiqishimiz lozim.



- Qozog'istonda xatolar ko'payib ketdi...

- Bilasizmi, 0:3 hisobida ortda borar ekansiz, tavakkal qilishga to'g'ri keladi. Biz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, keraksiz gollar o'tkazib yuboraverdik. 

- Muxlislar keyingi musobaqalarda terma jamoadan nimalarni kutsa bo'ladi?

- Biz doim g'alaba uchun kurashamiz va borimizni beramiz. Biz bugunga qadar bor kuchimizni sarflaganmiz va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Biz – Qozog'istonmiz.

- O'zbekiston mundialni qay darajada o'tkazmoqda?

- O'zbekiston a'lo darajadagi sharoitni yaratgan. O'ylaymanki, FIFA musobaqani ulardan kutiladigan darajada o'tkazyapti deya olmayman. Ayniqsa, hakamlik masalasida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia