
Musobaqa 9 yanvarda start oladi va 31 yanvarda o'z yakuniga etadi. Unda Osiyoning eng kuchli 16ta terma jamoasi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor.
"SA" sayti xodimi Tolibjon Qosimov o'zining "FIFA.UZ"dagi "Strike" jamoasida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni asosiy tarkibga kiritdi. Moskvaning "Lokomotiv" klubi a'zosi Vitaliy Denisov esa zaxirada qoldirilgan.
Quyida Tolibjon Qosimovning tarkibi bilan tanishishingiz mumkin: