"Qo'qon-1912" Toshkentda "Mashal", "Navbahor" va "Buxoro" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018, 13:35
Toshkentdagi o'quv-yig'ini davomida "Qo'qon-1912" murabbiylari 4ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni o'z rejalariga kiritishgan.

Dastlabki nazorat o'yini 8 yanvar kuni Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Bundan tashqari 14 yanvar kuni "Navbahor", 23 yanvar kuni esa "Buxoro" jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkaziladi. Shuningdek 18 yanvar kuniga ham bitta uchrashuv belgilangan bo'lib, bu borada raqiblar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати