"Qo'qon-1912": Sobir Hamidov jamoamizni tark etdi

25 iyul 2017, 13:05
Mahoratli yarim himoyachi Sobir Hamidov ikkinchi davrani boshqa bir jamoada o'tkazadigan bo'ldi.

O'z oldiga oliy ligaga qaytishni maqsad qilgan "Andijon" jamoasi futbolchimizga jiddiy qiziqish bildirdi hamda tomonlarning o'zaro kelishuviga asosan Sobir Hamidov faoliyatini "Andijon" klubida davom ettiradigan bo'ldi. Biz Sobirjonga "Qo'qon-1912" jamoasi uchun qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia