

"Sho'rtan" futbol klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu o'yinda oltita kamera ishlaydi. Xabaringiz bor, o'tgan tur "Sho'rtan" o'z maydonida "Navbahor" bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi va uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Olim Tolibjonov qoniqarsiz baho olib 10ta o'yinga chetlatildi.
Navbatdagi uchrashuvda ham mana shu kabi xato takrorlanmasligi hamda hakamlar harakatini sinchkovlik bilan kuzatish maqsadida "Sho'rtan" rahbariyati stadionga oltita kamera qo'yishni rejalashtirgan.



