

Jamoa ko'rigida bo'lgan bir nechta futbolchilarga javob berildi. Xususan, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Qo'qon-1912” tarkibida o'ynagan va yangi yildan jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan Ilhom Komilov Toshkentning “Obod” jamoasiga o'tdi.
Shuningdek, Hasan Asqarovga ham javob berildi. Bundan tashqari, Alibobo Rahmatullaev bilan tuzilgan shartnoma o'zaro tomonlarning kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
Jamoamiz bu futbolchilarga kelgusi foaliyatlarida omad tilaydi.



