"Qo'qon-1912" o'z qarorgohida yig'ildi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2015, 21:37
Ushbu haftada milliy chempionat o'yinlari start oladi.
Jamoamiz ikki kunlik tatildan so'ng Qo'qonda yig'ildi. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, 14 mart kuni oliy liganing 1-turida "Dinamo"ga qarshi kechadigan bahsga jamoa o'z qarorgohida tayyorgarlik olib boradi.

Tarkibdagi o'zgarishlar to'xtaladigan bo'lsak, ma'lum muddat yig'inda ishtirok etgan darvozabon Nodir Ashurmatov, Nukusning "Orol" jamoasidan kelgan yarim himoyachi Damir Nizanov hamda o'tgan mavsum Qozog'iston chempionatida faoliyat olib borgan hujumchi Ernest Sedko jamoa lagerini tark etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz