"Qo'qon-1912": O'rtoqlik uchrashuvining sanasi ma'lum

Narzulla Saydullayev
25 dek 2017, 08:11
Yangi mavsumda ham o'z muxlislarini xursand qilishni oldiga maqsad qilgan "Qo'qon-1912" futbolchilari ayni kunlarda mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Shu kunga qadar bir mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar, kechadan boshlab ikki mahalga ko'chdi. Dastlabki kunlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratilgan bo'lsa, endigi mashg'ulotlarda to'p bilan ishlashga ham urg'u berilmoqda.

Dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlari, nazorat o'yini bilan yakunlanadi.

Futbolchilar 28 dekabr kuni, Quvasoyning "Cementchi" klubiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv Qo'qondagi "Markaziy" stadionida soat 11:00 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz