"Qo'qon-1912": Kubok o'yini oldindan

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2016, 10:25
28 iyul kuni “Qo'qon-1912” jamoasi vakillari O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida “Buxoro” mehmoni bo'lishadi.

Umuman olganda, jamoamiz vakillari 1992 yildan beri o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston Kubogi bahslarida 15-marta ishtirok etishmoqda (Oldin “Temiryo'lchi” nomi ostida qatnashgan).

Bu yilgi O'zbekiston kubogi bahslarida vakillarimiz omadli ishtirok etishmoqda. O'tkazilgan to'rtta uchrashuvda “Qo'qon-1912” mag'lubiyatga uchramagan. Bu yil kubok o'yinlarida jamoamiz a'zolari mehmonda yaxshiroq to'p surishmoqda. Xususan, ikki marta safarda g'alaba qozonildi. 1/16 finalda (NBU-Osiyo), 1/8 finalda (Navbahor). Buxoroda ham ushbu anani davom etadi, degan umiddamiz.

O'zaro o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, “Buxoro” bilan kubok doirasida uch marta to'qnash kelganmiz.

Daastlab ushbu jamoalar 2002/2003 yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida maydonga tushishgan. 2003 yining 27 mart sanasida Buxoroda bo'lib o'tgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. 2003 yil 2 aprel kuni Qo'qonda o'tkazilgan o'yinda ham buxoroliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishgan va chorak finalga chiqishgan.

Oxirgi uchrashuv 5 iyul kuni Qo'qonda bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz