“Qo'qon-1912” jamoasi kelajagi porloq bo'lishi kutilayotgan yosh yulduz bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021, 17:08
“Qo'qon-1912” jamoasi kelajakda o'zbek futbolining yorqin yulduziga aylanishi kutilayotgan yosh iqtidor egasi bilan shartnoma imzoladi.

Komilov Murodjon 2005 yilda tug'ilgan, Farg'ona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lib, so'nggi ikki yilda Chig'atoy futbol maktabida futbol sir-asrorlarni o'rganib kelayotgan edi. Murodjon 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida so'nggi yillarda  o'tkazilgan respublika birinchiliklarining eng yaxshi hujumchisi bo'lib kelmoqda. 

O'zining yorqin o'yinlari bilan mutaxassislar e'tiboriga tushgan yosh hujumchi O'zbekiston U-15 terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Mamlakatimizning yetakchi jamoalari yosh iqtidor egasini o'z safida ko'rishni hohlashgan edi. Respublikamizning ko'zga ko'ringan futbol mutaxassislari Murodjon Komilovga O'zbekistonning kelajakdagi “Messi”si deb baho berishmoqda.  “Qo'qon-1912” jamoasi Murodjon Komilov bilan 2026-yilga qadar shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати