"Qo'qon-1912" ikki 20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2025, 21:01
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" tarkibni yoshlar bilan to'ldirdi.

"Nasaf" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi, so'nggi ikki yilni "Metallurg"da o'tkazgan 20 yoshli yarim himoyachi Alisher Xayrullaev qo'qonliklar bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.

"Qo'qon-1912"ning o'z safiga qo'shib olgan ikkinchi futbolchisi 2004 yilda tug'ilgan Shahzod Akramov bo'ladi. U U20 Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan va "Nasaf" bilan o'tgan mavsum mamlakat chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/FCKOKAND